Asosiy kontentga o'tish
Tom Holland

Tom Holland

Aktyor / rejissor

1-iyun, 1996 · 3 ta film

Tomas Stenli Xolland (1996-yil 1-iyunda tugʻilgan) — britaniyalik aktyor. Uning mukofotlari qatoriga BAFTA mukofoti hamda ikki marotaba "Critics' Choice" nominatsiyasi kiradi. Bosh rol ijrochisi sifatidagi filmlari dunyo boʻylab 9,9 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan. U Forbes jurnalining 2019-yilgi "30 Under 30 Europe" (Yevropaning 30 yoshgacha boʻlgan top-30 vakili) roʻyxatiga kiritilgan. Xollandning faoliyati oʻsmirlik davrida, 2008-yildan 2010-yilgacha Uest-Endda namoyish etilgan "Billy Elliot the Musical" myuziklida ikkinchi darajali, soʻngra bosh rolni ijro etishdan boshlangan. U kinodagi debyutini "The Impossible" (2012) falokat-dramasi bilan qilgan va keyinchalik "How I Live Now" (2013) romantik dramasi hamda "In the Heart of the Sea" (2015) va "The Lost City of Z" (2016) tarixiy sarguzasht dramalarida rollar ijro etgan. Xolland Marvel kinematografiya koinotining (MCU) altita superqahramonlik filmida, "Captain America: Civil War" (2016) filmidan boshlab Piter Parker/Oʻrgimchak-odam rolini oʻynash orqali xalqaro miqyosda e'tirof etildi. Keyingi yili Xolland BAFTA "Rising Star" (Oʻsayotgan yulduz) mukofotini qoʻlga kiritdi va "Spider-Man: Homecoming" filmida MCU loyihasida bosh rolni oʻynagan eng yosh aktyorga aylandi. Uning davomi boʻlgan "Far From Home" (2019) va "No Way Home" (2021) filmlarining har biri dunyo boʻylab 1 milliard dollardan ortiq kassa yigʻdi; oxirgisi yilning eng koʻp daromad keltirgan filmiga aylandi. Xolland oʻz odatiy uslubidan farq qiluvchi rollarni "The Devil All the Time" (2020) va "Cherry" (2021) kriminal dramalarida ijro etdi va yirik budjetli "Uncharted" (2022) hamda "The Odyssey" (2026) filmlarida suratga tushdi. Xolland "Spies in Disguise" (2019) va "Onward" (2020) animatsion filmlarida ovoz bergan. Televideniyeda u PBS kanalining "Wolf Hall" (2015) tarixiy mini-serialida va Apple TV+ platformasining "The Crowded Room" (2023) psixologik triller mini-serialida rollar ijro etgan. U teatr sahnasiga qaytib, Uest-Endda sahnalashtirilgan "Romeo and Juliet" (2024) spektaklida bosh rollardan birini gavdalantirdi. U oʻzining uzoq yillik hamkasbi Zendaya bilan turmush qurgan.

Filmografiya